Juma, 27 Noyabr 2020 17:43

Onlayn-vebinar “Markaziy Osiyoda barqaror turizm modeli: imkoniyatlar, hamkorlikni rivojlantirish, texnologiyalarni joriy etish”

Joriy yilning 24-27-noyabr kunlari “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida “Markaziy Osiyoda barqaror turizm modeli: imkoniyatlar, hamkorlikni rivojlantirish, texnologiyalarni joriy etish” loyihasi doirasida onlayn-vebinar boʻlib oʻtdi.

Tadbir Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti, Oʻzbekiston xususiy turizm tashkilotlari assotsiatsiyasi va “Markaziy Osiyoda barqaror turizm modeli: imkoniyatlar, hamkorlikni rivojlantirish, texnologiyalarni joriy etish” loyihasining sherigi boʻlgan “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti tomonidan tashkil etildi.

Toʻrt kun ichida Evropa Ittifoqi mamlakatlarining vakolatli mutaxassislari va ekspertlaridan tashkil topgan professor-oʻqituvchilar tarkibi onlayn mashgʻulotlar orqali ekologik sertifikatlash masalalari va “yashil texnologiyalar”ni joriy etish maqsadlari toʻgʻrisida oʻquv ishtirokchilarining xabardorligini oshirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirildi. Soha mutaxassislari turizm korxonalarida atrof-muhitni boshqarish mavzularida qoʻshimcha bilimlarga ega boʻlishdi. Bu shuni anglatadiki, O'zbekiston Respublikasida mehmonxona biznesida “barqaror turizm” darajasi va “yashil texnologiyalar”ni tatbiq etish darajasi muttasil o'sib boradi.

O'qilgan 3625 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar