Shanba, 10 Oktyabr 2020 09:15

“O’zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan turizm salohiyatini oshirish istiqbollari”

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 22-sentyabr kuni BMT Bosh assambleyasining yubiley 75-sessiyasida so’zlagan nutqlarida Markaziy Osiyo hamqorlik masalalari qayd etilib, mintaqada tub o’zgarishlar bo’layotganligi, davlatlari o’rtasida yaxshi qo’shnichilik va o’zaro ishonch muhitini yaratishga erishilganligi, hususan so’nggi yillarda O’zbekistonning qo’shni davlatlar bilan o’zaro savdo hajmi ortib borayotganligi, mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning jadal rivojlanayotganligi, kambag’allikni kamaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va qo’shimcha ish o’rinlari yaratish, investisiya va biznes muhitini yaxshilash hamda zamonaviy infratuzilmani barpo etish, odamlarni yangi kasb-­hunarlarga o’rgatish va aholiga manzilli ijtimoiy yordam ko’rsatish ta’kidlandi. O’z navbatida, Markaziy Osiyo davlatlari oldida muhim strategik vazifa turibdi. U ham bo’lsa, mintaqamizning global iqtisodiy, transport va tranzit yo’laklariga chuqur integrasiyasini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy hamkorligida mavjud vaziyatni tahlil qilish, integrativ potensialini baholash xamda rivojlanish istiqbollarini o’rganish maqsadida, 2020 yil 8 oktyabr kuni Davlat bojxona qo’mitasining Bojxona institutida “Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida onlayn ilmiy-amaliy davra suhbati o’tkazildi. Ushbu davra suhbatida “Ipak yo’li” turizm xalqaro universiteti “Turizm menejmenti” fakulteti dekan o’rinbosari Samiyev Siroj “O’zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan turizm salohiyatini oshirish istiqbollari” mavzusi bilan ishtirok etdi.

Mazkur ilmiy-amaliy davra suhbati davomida hozirgi pandemiya sharoitida turizmni rivojlantirish istiqbollari, fukarolarning erkin sayohat qilishga imkoniyat yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash, turistik oqimlarni kengaytirish hamda an’anaviy turistik maskanlarning xavfsizligini oshirishga qaratildi. Kelajakda turizmni rivojlantirish bo’yicha Markaziy Osiyoni bog’lab turadigan yo’llarning infratuzilmasini yaxshilash, davlatlari o’rtasida yoshlar forumini o’tkazish, iqtisodiy integrasiyani kuchaytirish, Markaziy Osiyo davlatlari o’zaro hamkorlik asosida qo’shma turlarni, masalan transchegaraviy turlarning istiqbolli rolini oshirish bo’yicha takliflar hamda hozirgi pandemiya sharoitini inobatga olgan holda ichki turizmni jonlantirish uchun tavsiyalar berildi.

O'qilgan 4887 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar