Версия для печати
Juma, 02 Oktyabr 2020 12:32

Universitet talabalari uchun yangi o’quv yilining boshlanishi haqida ma’lumotlar

Hurmatli ikkinchi va uchinchi kurs talabalari!

Joriy yilning 28 sentyabr-3 oktyabr kunlari Microsoft Teams platformasi bilan tanishish haftasi davom etadi. Shundan so’ng 5 oktyabr kunidan yangi o’quv yilining boshlanishi rejalashtirilmoqda. Ta’kidlash lozimki, bu sana faqat ikkinchi va uchinchi kurs talabalariga ta’luqlidir.

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi qarori bilan birinchi kurs talabalari uchun yangi o’quv yili 12 oktyabr kuniga belgilangan.

Avvalroq e’lon qilganimizdek, joriy yilning 12-13 oktyabr kunlari «Ipak yo’li» turizm halqaro universitetida «Orientation Week 2020» tadbiri bo’lib o’tadi. Ushbu tadbirdan maqsad, birinchi kursga qabul qilingan talabalarni universitet faoliyati, ta’lim jarayoni bilan yaqindan tanishishdir.

O'qilgan 4344 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar