Dushanba, 28 Sentyabr 2020 17:28

Hurmatli birinchi bosqich talabalari!

Sizni universitetimizda ko’rganimizdan bag’oyat xursandmiz.

Ilk o’quv yilini «Ipak yo’li» turizm xalqaro universitetining yangi zamonaviy binosida boshlash arafasida turibsiz. Shuningdek, 12-13 oktyabr kunlari bo’lib o’tadigan «Ochilish marosimi» va «Yo’nalish haftaligi»da faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Barcha birinchi kurs talabalariga universitetning yangi binosiga tashrif buyurib, ro’yxatdan o’tishni so’raymiz.

«Ipak yo’li» turizm xalqaro universitetining Qabul komissiyasi sizni ro’yxatdan o’tishingiz uchun har kuni ertalab soat 9:00dan kechki 17:00gacha kutib qoladi.

O’zingiz bilan quyidagi xujjatlarni olib kelishingiz so’raladi:

1. Rektor nomiga ariza;

2. diplom yoki attestatning (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;

3. pasport nusxasi (4 dona, asli ko’rsatilgan holda);

4. til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo’lsa)

5. xujjatlar yig’ma jildi (papka dlya bumag);

6. konvert A5 formatida;

7. imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo’lsa).

8. DTM ruxsatnomasi, javoblar varaqasi.

9. 3,5x4,5 foto 12 ta;

Eslatma: 12 oktyabr kuni yakuniga qadar ro’yxatdan o’tishingiz lozim.

Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz lozim:

+99895-411-40-24

+99895-411-40-21

+99893-348-33-80

+99893-335-61-14

Biz sizni quyidagi manzilda kutib qolamiz: Samarqand shahri, Universitet hiyoboni, 17.

O'qilgan 5326 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar