Shanba, 29 Avgust 2020 10:43

UNWTO vakillari bilan onlayn muloqat o'tkazildi

“Ipak yo'li” turizm xalqaro universiteti vakillari UNWTO akademiyasi va Yevropa turizm universitetlari assotsiatsiyasi vakillari bilan onlayn muzokaralar o'tkazishdi.

Mazkur uchrashuvda UNWTO akademiyasining direktori O.Valdez, UNWTOning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori o'rinbosari P.Jane va UNWTO akademiyasi xodimlari L.Garner va S.Figuraslar ishtirok etishdi.

Zoom orqali o’tkazilgan onlayn muloqat davomida "Ipak yo'li" turizm xalqaro universiteti Birinchi prorektori J.Eltazarov hamda Xalqaro faoliyatni rivojlantirish bo'limi boshlig'i v.v.b. A.Kamilovlar ishtirok etishib, UNWTO tashkiloti turizm sohasidagi yetakchi Jahon instituti sifatida madaniyatlararo almashinuv va xalqlarning ma'naviy boyishini faol ravishda qo'llab-quvvatlayotganini borasida to’xtalib, tashkilot bugungi kunda 150 dan ortiq mamlakatlarni o’zaro birlashtirib, turizm sohasini rivojlanishini ta’kidlab o’tishdi.

“UNWTO vakillari bilan muzokaralar chog'ida yo'l xaritasini yangilash, “Ipak yo'li” turizm xalqaro universiteti va Yevropaning yetakchi universitetlari o'rtasida o'qituvchilar va talabalar almashinuvi bilan bog'liq ko'plab masalalarni muhokama qilindi”, - dedi A.Kamilov. – “Xususan, UNWTO akademiyasi va Yevropaning taniqli universitetlari yaqin yillarda bizning universitetimizga turizm sohasidagi a'lo darajada akkreditatsiyadan o'tgan o'qituvchilarni taqdim etadi.

Muzokaralarning yana bir muhim qismi - UNWTO TEDQual sertifikatini olish uchun hujjatlarni tayyorlash. Shu bilan birga, chet el mutaxassislari va ekspertlarini o'quv jarayoniga jalb qilish, shuningdek TICA, DAAD, KOICA, Erasmus +, JICA, AHLEI, UNESCO kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, universitet professor-o'qituvchilari va talabalarini zamonaviy o'quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta'minlash uchun universitetning "Elektron kutubxonasi"ni UNWTO xalqaro elektron kutubxonasiga ulash rejalashtirilganligi ta'kidlandi.

O'qilgan 4520 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar