Chorshanba, 15 Iyul 2020 12:57

“Ipak yo'li” universiteti talabalari respublika olimpiadasi g'olibi bo'lishdi!

“Ipak yo'li” turizm xalqaro universiteti yana bir pog'onaga ko'tarildi. Universitetda olib borilayotgan sifatli va samarali ta'lim jarayoni mahsuli o'z natijasini berdi. Uning talabalari respublika olimpiadasida birinchilikni qo'lga kiritishdi.

Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida o'tkaziladigan fan olimpiadalari tizimini takomillashtirish va nufuzini oshirish hamda respublika oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo'lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yosh kadr qilib tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish maqsadida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida respublika fan olimpiadasi tashkil etilib kelinadi. Shuningdek, respublika fan olimpiadalarini o'tkazish tartibining samarali mexanizmi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.

Olimpiadaning maqsadi- muayyan fan bo'yicha respublikaning OTMlari talabalari orasidan mutaxassislik va umumkasbiy fanlar bo'yicha iqtidorli, qobiliyatli va iste'dodlilarni aniqlash, ulardagi ijodiy qobiliyatlarning ro'yobga chiqishiga ko'maklashish va qo'llab-quvvatlashdan iborat. Olimpiadaning asosiy vazifalaridan biri – OTMlarda tahsil olayotgan talabalar orasidan eng iqtidorlilarini aniqlash, qobiliyatlilarini yanada rivojlantirishdir. Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida 2020 yil o'tkazilgan respublika onlayn fan olimpiadasining yakuniy natijalariga muvofiq, “Turizm va mexmondorchilika soslari” fani bo'yicha “Ipak yo'li” turizm xalqaro universiteti talabalari Saidzoda Shaxloxon faxriy 1-o'rin, Rashidov Rustamjon esa 2-o'rinni qo'lga kiritib, g'olib bo'lishdi. Iqtidorli talabalarimizni tabriklaymiz va ilmiy-ijodiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

O'qilgan 4662 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar