Версия для печати
Payshanba, 28 Mart 2024 10:16

Universitetimiz talabalari Yaponiyada o'qish imkoniyatiga ega bo'lishdi!

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Vakayama universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida ikkinchi bosqich talabalarimizdan Diyorbek Otabekov hamda Karim Kadorkin bir yil mobaynida Yaponiyada o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Talabalarimiz Yaponiyadagi nufuzli universitetlardan biri hisoblangan Vakayama universitetida o‘z sohasi bo‘yicha  bilim va mahoratini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.  

 Ma’lumot uchun shuni aytish lozimki, ushbu dastur talabalarimizga o'z universitetining ta'lim talablariga rioya qilgan holda xorijiy davlatdagi nufuzli universitetlarda ta’lim imkonini beradi. Albatta, talabalar almashinuvining asosiy afzalliklaridan biri bu til ko'nikmalarini takomillashtirish qobiliyatidir.

O'qilgan 314 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar