Dushanba, 13 Iyun 2022 10:48

Universitetda navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi

Universitetda navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi PR & Press Department © All Rights Reserved

Joriy yilning 10-iyun kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi Buxoro turizm va madaniy meros texnikumining 47 nafar bitiruvchi kurs o‘quvchilari “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri doirasida Universitetga tashrif buyurishdi.

Texnikum bitiruvchilariga Professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi J.Xolboyev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 17-son qarori bilan tanishtirdi.

Universitetning Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar bo‘limi bosh mutaxassisi S.Haydarov o‘quvchilarga Universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil qildi. Ekskursiya davomida Universitet talabalarining ta’lim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

O'qilgan 3761 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar