Juma, 10 Iyun 2022 15:33

Bolu Abant Izzet Baysal Universiteti rektorining “Ipak yo‘li” xalqaro universitetiga rasmiy tashrifi

Bolu Abant Izzet Baysal Universiteti rektorining “Ipak yo‘li” xalqaro universitetiga rasmiy tashrifi PR & Press Department © All Rights Reserved

Joriy yilning 10-iyun kuni Turkiyaning Bolu Abant Izzet Baysal universiteti rektori prof. Mustafo Alisherli boshchiligidagi delegatsiya “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.

“Ipak yo‘li” universiteti birinchi prorektori prof. J. Eltazarov va Bolu Abant Izzet Baysal universiteti rektori prof. Mustafo Alisharli oʻrtasida uchrashuv tashkilashtirilidi. Rasmiylar oʻquv jarayonini takomillashtirish, ikki universitet professor-oʻqituvchilari va talabalarining akademik harakatchanligini taʼminlash, shuningdek, Bolu Abant Izzet Baysal universitetida “Ipak yoʻli” universiteti oʻqituvchilari malakasini oshirishga qaratilgan oʻzaro hamkorlikning asosiy masalalarini muhokama qilishdi.

O‘zbekiston-Turkiya hamkorligi doirasida ta’lim sohasida erishilgan salmoqli natijalar qayd etildi, ikki mamlakat yoshlarining xalqlar tarixi, madaniyati, tili va an’analariga o‘zaro qiziqishi sezilarli darajada ortgani alohida ta’kidlandi. Rasmiylar ikki tomonlama tashriflarni davom ettirish tarafdoriligini bildirdi.

Ma’lumot uchun: Anqara va Istanbul o‘rtasida joylashgan Bolu Abant Izzet Baysal universiteti 1992-yil 3-iyulda tashkil etilgan. Ushbu universitetning 3 ta kampusi Bolu tumanining markazida (Gerede, Mengen, Mudurnu shaharchalari) joylashgan. Universitetda 17 ta fakultet, 1 ta institut va 19 ta ilmiy markaz mavjud. Universitetda 1125 nafar ma’muriy xodim va 1586 nafar o‘qituvchi 30 mingdan ortiq talabaga sifatli va zamonaviy ta’lim beradi.

O'qilgan 2874 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar