Juma, 03 Iyun 2022 16:10

“Ipak yoʻli” universiteti talabasi Xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

“Ipak yoʻli” universiteti talabasi Xalqaro konferensiyada ishtirok etdi PR & Press Department © All Rights Reserved

2022-yil 27-30-may kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 3-kurs talabasi Ahmedov Sardorbek Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh shahrida boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo va Afgʻonistonning transport va logistika aloqalari” mavzuidagi Xalqaro konferensiyada faol ishtirok etdi.

Xalqaro konferensiyadan koʻzlangan asosiy maqsad Oʻrta Osiyo mamlakatlari yoshlari oʻrtasida transport va logistika haqida bilimlarini oshirish, yoshlar oʻrtasida oʻzaro aloqalar oʻrnatish va kelajakda birgalikda muhim loyihalarda ishlash, hozirda mavjud transport muammolarni aniqlash va ularga muqobil yechim berishga qaratilgan. Konferensiya xalqaro mutaxassislar tomonidan olib borildi va yoshlarga oʻz loyihalarini amalga oshirishda imkon yaratib berildi.

Quvonarlisi shuki, faol talabamiz Sardorbek Ahmedov 1000 nafar talabgorlar orasidan xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun tanlab olindi va talabamizning barcha harajatlari tashkilotchilar tomonidan qoblab berildi. Konferensiya yakunida Sardorbek Ahmedov “Eng faol ishtirokchi” deb tan olindi. 

O'qilgan 2771 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar