Joriy yilning 25-may kuni beshta muhim tashabbus hamda “Pazandachilik sirlari” qizlar to‘garagi doirasida, “Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar boʻlimi” boshligʻi N. Abduvahidova va “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Xotin-qizlar Kengashi raisi – M.Abbasova tomonidan “tuxum barak” milliy taomini tayyorlash bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.
Universitetning iqtidorli qizlari bilan birgalikda Abduvohidova N. “Qizlarjon” klubi a’zolari uchun pazandachilik darsini o‘tkazdi.
Tadbirda talabalarga ushbu taomni tayyorlashning butun jarayoni batafsil ko‘rsatib berildi. Shuningdek, taom tayyorlash jarayonida Abduvohidova N. o‘zbek milliy taomlari tarixi haqida o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashdi.
“O‘zbek oshxonasining barcha retseptlarini jamlasangiz, har bir hududning tub xalqining etnik-madaniy rang-barangligi, an’ana va xususiyatlari alohida aks ettirilgan haqiqiy O‘zbekiston atlasiga ega bo‘lasiz”, – dedi universitet Xotin-qizlar kengashi raisi M. Abbosova.
Tuxum barak – oʻzbek oshxonasining oʻziga xos taomi boʻlib, u faqat Xorazm viloyatida tayyorlanadi. Aslida, tuxum barak - bu juda noodatiy tuxum bilan toʻldirilgan kvadrat shaklidagi varenik.
Ushbu mahorat darsi ishtirokchilari ta’kidlaganidek, “...tuxum barakning ta’mini hech narsa bilan solishtirib bo‘lmaydi. Ichidagi yogʻi va sut tufayli tuxum barak mulloyim boʻladi. Yengil ovqat. Va juda toʻyimli!”