Версия для печати
Chorshanba, 18 May 2022 15:11

Har bir kun - yangi kun

Ertalab uyqudan uyg‘onar ekanmiz, o‘zimizni yangi kunga, yangi marralarga dasturlaymiz. Har bir tong bizga yangilanish vaqti - hayotimizdagi biror narsani yaxshi tomonga o‘zgartirish damlarini hadya etadi. Ushbu oddiy qoidalarni odatga aylantiring. Zero, geniallik - oddiylikda!

* Qora qahva va achchiq choyni suiiste’mol qilmang (ulardan butunlay voz kechganingiz yanada ma’qulroq). Bir necha hafta ichida o‘zingizni xotirjam his qilasiz, uyqungiz sokin bo‘ladi va hatto, yuz teringiz yaxshilanadi.

* Ovqatingizdagi tuz miqdorini kamaytiring. Shunda ortiqcha vazndan xalos bo‘layotganingiz, ertalab yuzingiz va tanangizdagi shish yo‘qolishini ko‘rasiz.

* Shakarli va gazlangan ichimliklar ichmang, balki chanqog‘ingizni suv bilan qondiring.

* Kechasi to‘yib ovqatlanmang, shunda tushlaringiz yorqin bo‘ladi, ertalab uyqudan engil va tetik holda uyg‘onasiz.

* Yurganda va o‘tirganda doimo belingizni to‘g‘ri, tik tuting. Bu sizning xotirangizni yaxshilashga, bel va bosh og‘rig‘idan xalos bo‘lishga yordam beradi.

* Uxlashdan 2 soat oldin televizor(telefon, gadjetlar)ni o‘chiring, shunda siz boshqalarning suratlarini emas, balki o‘zingizning ijodiy impuls, istak va orzularingizni ko‘ra boshlaysiz.

* O‘zingizga yoqmagan yoki biror narsa bilan sizni xafa qilgan odamlarga chiroyli sovg‘alar, tabassum, pozitiv kayfiyat bering va ularni quvnoq holda tasavvur qiling. Asta-sekin, ular qanday qilib yaxshi tomonga o‘zgara boshlaganini ko‘rasiz.

* Doim tabassum qiling. Tez orada atrofingizdagi insonlarning siz uchun xavfsiz va yaqin bo‘lib qolganini his qilasiz.

* Qiyinchilik va muammolardan chalg‘ishni, ularni uzingizdan qo‘yib yuborishni o‘rganing. Shunda muammoning o‘zi aslida muammo emasligini tushunasiz.

* Atrofga, osmon, daraxtlar, gullarga qarang, tabiat tovushlariga quloq soling... Hamma narsada go‘zallik va yaxshilikni ko‘ra bilishga harakat qiling.

O'qilgan 2736 marta
Kategoriya Yangiliklar

Barcha yangiliklar