Seshanba, 17 May 2022 13:08

MICE turizm va jurnalistika sohasidagi xalqaro miqyosidagi yetakchi mutaxassis Ivo Baumanning onlayn seminar oʻtkazildi

Joriy yilning 17-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun MICE turizm va jurnalistika bo‘yicha yetakchi xalqaro mutaxassis, janob Ivo Baumann bilan onlayn seminar tashkil etildi.

Onlayn seminarda so‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizm xizmatlari tuzilmasini diversifikatsiya qilish va turizmning yangi turlarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani haqida batafsil aytib o‘tildi. Xususan, MICE turizmi orqali sayyohlar oqimini ko‘paytirish, ya’ni O‘zbekistonda turli turnirlar, uchrashuvlar, anjumanlar, ko‘rgazmalar tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Ma’lumot uchun: MICE turizmi – turli korporativ tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan ishbilarmonlik turizmi sohasi. MICE – bu biznes uchrashuvlari, timbilding, konferentsiyalar, korporativ bayramlar va boshqalar.

O'qilgan 286 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar