Payshanba, 12 May 2022 17:57

Universitet QVZ ichki turniriga start berildi. Birinchi o‘yin

Joriy yilning 12-may kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Universitet QVZ ichki turnirining birinchi o‘yini bo‘lib o‘tdi. Yorqin hazillar, ko‘plab tabassumlar va pozitiv – ishtirok etgan “Devonalar” va “Education” QVZ jamoalarining yorqin o‘yinini shunday tavsiflash mumkin. Ular talabalar hayoti haqida hazil qilishdi, hazil bilan yoshlar muammolari haqida sahna ko‘rinishlarida gapirishdi.

Birinchi prorektor J.Eltazarov ta’kidlaganidek, universitet uchun asosiysi talabalar tashabbuskor bo‘lishlari juda muhim, chunki yoshlar o‘rtasida bu kompetensiyani tarbiyalash qiyin. Norasmiy tarzda, QVZ talabalar orasida ushbu sifatni rivojlantirishda juda muhim o‘rin tutadi.

Hakamlar hay’atining tan olishicha, chiqishlarni baholash qiyin bo‘ldi. Har bir jamoa gʻalaba qozonishga haqli. Uch tur yakuniga ko‘ra “Devonalar” jamoasi 15,8 ball jamg‘argan, “Education” jamoasi esa 15,0 ball to‘pladi.

Biroq musobaqa tashkilotchilarining ta’kidlashganidek, turnirda g‘olib va mag‘lub bo‘lmaydi, o‘yinlar muntazam ravishda o‘tkaziladi.

O'qilgan 2984 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar