Dushanba, 25 Aprel 2022 12:50

“Uchinchi Renessansni shakllantirish sharoitida turizm sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya yakunlandi

Joriy yilning 21-22-aprel kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Uchinchi Renessansni shakllantirish sharoitida turizm sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya doirasidagi birinchi kunida ishtirokchilar bahs-munozaralar tarzida to‘rt mintaqa: Afrika, Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo, Janubiy Osiyoning turizm salohiyati va rivojlanish omillarini tahlil qilishdi.

Konferensiyaning ikkinchi kunida turizm sohasidagi asosiy muammolarni hal etish, ilg‘or turizm mutaxassislari tajribasini O‘zbekistonda tatbiq etish yo‘llari muhokama qilindi. Qizg‘in muhokamalar natijasi rezolyutsiya bilan rasmiy xat yozish bo‘ldi.

Konferensiya “Ipak yo‘li” universitetida iliq va do‘stona ruhda, sog‘lom raqobat muhitida o‘tkazildi. Ma’ruzachilar yuqori darajadagi tayyorgarlikni namoyish etdilar, berilgan barcha savollarga javob berib, ilmiy fikrlash, fikrlarining dolzarbligi va ilmiy yangiligini ishonchli tarzda isbotladilar.

Konferensiya yakunlariga ko‘ra quyidagi g‘oliblar aniqlandi:

“The Best Speaker” nominatsiyasida – Nilyufarxon Ashuraliyeva;

“The Best Group” jamoaviy nominatsiyasida – “Turkiston” jamoasi.

O'qilgan 2928 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar