Seshanba, 19 Aprel 2022 11:49

Biznes inkubatorlarni tashkil etish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

Joriy yilning 15-16 aprel kunlari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida barcha qiziquvchi talabalar va boshqa manfaatdor shaxslar uchun ikki kunlik maxsus o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar Turizm va madaniy meros Vazirligi buyurtmasi asosida “Hududlarni iqtisodiy rivojlantirishga koʻmaklashish markazi” tomonidan tashkil etildi. Seminar turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha o‘zining startap loyihalari va takliflariga ega bo‘lgan talabalar uchun kelgusida ham ushbu yo‘nalishda mukammal bilim va ko‘nikma bilan ish olib borishlari uchun foydali bo‘ladi.

Ushbu seminarlardan ko‘zlangan maqsad turizm sohasida yangi biznes g‘oyalarga ega bo‘lgan yoshlarni izlab topish va ularning gʻoyalarini rivojlantirish uchun biznes-rejalar ishlab chiqish bo‘yicha maxsus treninglar va maslahatlar beruvchi biznes-inkubatorlarni ochish, shuningdek, biznes-inkubatorda o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarning biznes loyihalariga investorlar yoki bank mablag‘larini jalb etishga ko‘maklashishdan iborat..

Trening quyidagi mavzularda bo‘lib o‘tdi:

1. Turizm sohasida kreativ fikrlash va liderlik koʻnikmalarini shakllantirish;

2. Turizmda self-menejment;

3. Turizm sohasida muloqot samaradorligi va tadbirkorlikni tashkil etish yoʻnalishlari;

4. Turizm sohasi menejmenti;

5. Turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari;

6. Turizm sohasidagi imtiyozlar va imkoniyatlar;

7. Turizm marketingi;

8. Turizm sohasida biznes reja tuzish.

2 kunlik treninglarga professional trenerlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi akademiyasi, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, shuningdek, turizm sohasida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislar jalb etildi.

O'qilgan 2727 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar