Seshanba, 19 Aprel 2022 09:27

AQSh Kongressi palatasi va Senati vakillari “Ipak yoʻli” universitetiga rasmiy tashrif buyurdi

2022-yil 14-aprel kuni AQSh Vakillar (Kongress) palatasi va Senati, shuningdek, BMT Jamg‘armasi vakillari “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.

Tashrif maqsadi – o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish maslalarini muhokama qilish va universititda BMTning aholishunoslik jamg‘armasining gender tenglik loyihasi bilan tanishish.

Davra suhbatida universitetda sog‘lom gender siyosatini targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, zarur ko‘rsatmalar va maslahatlar berildi.

Shuningdek, universitetda tanishuv ekskursiyasi tashkil etilgan bo‘lib, unda mehmonlar universitet boshqaruv modeli, Buyuk Ipak yo‘lining noyob tarixiy elementlari aks ettirilgan zallar, laboratoriyalar, Universitet anjumanlar zali va sport zali bilan tanishtirildi. Universitet kutubxonasi mehmonlarda alohida taassurot qoldirdi.

O'qilgan 2499 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar