Dushanba, 18 Aprel 2022 17:41

Universitetda ilk “Ipak yo‘li xalqlari madaniyati va an'analari” nomli festival bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 18-aprel kuni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Sarbon” loyihasi doirasida “Ulug‘vor va betakror madaniyat” shiori ostida   “Ipak yo‘li xalqlari madaniyati va an'analari” nomli festival tashkil etildi.

Festivalfda koreys, qirg‘iz, ozarbayjon, turkman, o‘zbek, hind, ispan, arman, gruzin, tojik, qozoq kabi xalqlar madaniyati, urf-odatlari, san’ati namoyish etildi. Jozibador kuy va raqslar tomoshabinlarni o‘ziga maftun etdi.

Festivaldan maqsad talabalar ongi-shuurida madaniy merosga nisbatan faxrlanish, qadrlash, asrab-avaylash tuyg‘usini uyg‘otishdir. Bunday tadbirlar esa, o‘z o‘rnida, yosh avlodda ulug‘vor va betakror madaniyatimizni butun jahonga targ‘ib qilish,  sayyohlarni jalb qilish istagining, turizmni  rivojlantirish tashabbus va g‘oyalarining tug‘ilishiga zamin bo‘lib xizmat qiladi.

O'qilgan 2169 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar