Juma, 15 Aprel 2022 17:39

Eng yaxshi startap loyihalarning mualliflari taqdirlandi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida yoshlarda innovatsion tafakkurni shakllantirish, zamonaviy turizm sohasida texnologik g‘oyalarni rivojlantirish maqsadida tanlovlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Universitet majlislar zalida o‘tkazilgan aprel oyining yig‘ilishida “Eng yaxshi startap” dasturida ishtirok etayotgan talabalar o‘rtasida navbatdagi ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

Ushbu tanlovda 15 ta startap loyiha ishtirok etdi. Eng yaxshi loyihalar mualliflariga pul mukofotlari ajratildi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, quyidagi g‘oliblar aniqlandi:

1-o‘rin: “O‘zbekistonning ma’naviy turizmi” haqida mobil ilova loyihasi. Mualliflar: Mamasharipov Qodirjon, To‘raqulov Shahzod, Rabbimov Akbarali, Jo‘nonov Baxtiyor (barchasi 3-kurs talabalari). Mualliflarning fikriga ko‘ra, ilova yaqin orada Android va IOS operatsion tizimlarida ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda;

2-o‘rin: “:Reborn” loyihasi – sayyohlik bilan bog‘liq har qanday ma’lumotni (yo‘nalishlar, mehmonxonalar, transport, chiptalar va boshqalar) taqdim etadigan veb-sayt va dastur. Mualliflar: Maxkamtoshev Abdumannon, Abduxoliqov Amir (2-kurs talabalari);

3-o‘rin: Mahalliy va xorijiy abituriyentlar va talabalarning e’tiborini jalb qilish maqsadida ochilgan “Ipak yo‘li” universiteti talabalari faoliyati to‘g‘risidagi veb-sayt (portal). Muallif: Sobirov Madijon (1-kurs talabasi).

3-kurs talabalari Diyor Mardonov va Kamron Boybekovlar tomonidan elektromobil loyihasiga alohida e’tibor qaratildi. Yosh ixtirochilarga elektromobil loyihasini takomillashtirishga ko‘maklashish maqsadida pul ekvivalenti bo‘lgan sertifikatlar topshirildi.

O'qilgan 2941 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar