Payshanba, 14 Aprel 2022 12:25

Universitet- maktab hamkorligi

Davlatimiz rahbarining joriy yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ta’limga e’tiborning yorqin ifodasi bo‘ldi. Ayniqsa, ushbu hujjat maktab va oliy ta’lim muassasalarining hamkorligini yanada rivojlantirish, bu ikki ta’lim muassasalarining integratsiyasini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetiga  maktab va litsey jamoalarining kelib, o‘quv jarayonlarini kuzatishi va universitet talabalari hayoti,  Smart kampus infratuzilmasi bilan  yaqindan tanishish  yo‘lga qo‘yilgan.

Xususan, 2022-yil 12-aprel kuni Samarqand shahridagi 35-sonli maktabi o‘quvchilari universitetda bo‘lishdi. Mehmonlarga universitet faoliyati, an’analari, qadriyatlari, professor-o‘qituvchilari haqida ma’lumot berildi.

Universitetdagi  mavjud o‘quv  va amaliyot markazlaridan nafaqat talabalar, shuningdek, sohaga ishtiyoqi baland maktab o‘quvchilari ham amaliyot maydonchasi sifatida foydalanishlari mumkinligi ta’kidlab o‘tildi.

O‘quvchilarga turizmga qiziquvchi yoshlarning mazkur sohani ichidan, chuqurroq o‘rganishlari uchun universitetda barcha sharoitlar yaratib berilganligi, faqatgina talabgorlar shijoatli va mas’uliyatli  yoshlar bo‘lishlari o‘qtirildi.   O‘quvchilar universitet hayoti qanday bo‘lishi, qay turdagi fanlar o‘qitilishi kabi o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

O'qilgan 2997 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar