Seshanba, 12 Aprel 2022 18:23

“Suv inqirozi va iqlim o‘zgarishi” mavzusidagi xalqaro konferensiya

2022-yil 8-apreldan 10-aprelgacha “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti 3-bosqich talabasi Ramziddin Ergashev Qirg‘iziston Respublikasidagi O‘sh shahrida bo‘lib o‘tgan “Suv inqirozi va iqlim o‘zgarishi” mavzusidagi xalqaro konferensiyada faol ishtirok etdi.

Ushbu konferensiyadan maqsad universitet talabalari va oʻrta ta’lim maktab oʻquvchilarining, shunintgdek, Markaziy Osiyo va Afgʻonistondagi  faollarning hududdagi suv inqirozi va iqlim oʻzgarishi masalalari boʻyicha xabardorligini oshirish va bilimlarini kengaytirish, Markaziy Osiyoning beshta davlati va Afg‘oniston delegatlari bilan BMT munozaralarining namunaviy formatini ishlab chiqish, shuningdek, C5+1 Yoshlar kengashi tomonidan taqdim etilgan hamda moliyalashtirishi ko’zda tutilgan muammolar, xususan,  tinchlik o‘rnatishga, mojarolarni hal qilish va jamiyatlarda suv muammolarini bartaraf etishga innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha muloqotni rivojlantirishga qaratilgan loyiha takliflarini ishlab chiqishdan iborat.

Quvonarlisi shuki, talabamiz Ramzidin Ergashev 1000 nafar talabgorlar orasidan tanlab olinib, ushbu anjumanda ishtirok etish uchun stipendiya yutib oldi. Binobarin, barcha xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplandi. Anjuman yakuniga ko‘ra, talabamiz a’zo bo’lgan guruh  jamoaviy  loyiha tanlovida birinchi o‘rinni egalladi.

Ta’kidlash joizki, “O‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining suv inqirozi bo’yicha xabardorligini oshirish” mavzusidagi loyiha AQShning Qirg‘iziston Respublikasidagi elchixonasi tomonidan moliyalashtiriladi.

O'qilgan 3031 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar