Payshanba, 31 Mart 2022 19:42

Korrupsiya jamiyat hayoti uchun tahdid soluvchi salbiy omil ekanini bilamiz. Shu sababli, davlatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga jiddiy choralar koʼrilmoqda

2022-yil 31-mart kuni Yoshlar bilan mahallabay ishlash va tadbirlar boʼlimi tomonidan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida universitet professor-oʼqituvchilari, xodimlari va talabalari uchun davra suhbati oʼtkazildi.

Universitet birinchi prorektori J.Eltazarov kirish soʼzi davomida davra suhbati qatnashchilarining huquqiy ongini oshirilishi boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli bandlari yuzasidan tushuntirishlar berib oʼtdi. “Hozirgi zamonda milliy va xalqaro miqyosdagi huquqiy jarayonda tobora koʼp qoʼllanilayotgan atamalardan biri bu korrupsiyadir. Korrupsiya, albatta, bugun paydo boʼlgan illat emas, u avvaldan buyon mavjud boʼlib kelmoqda. Binobarin, mazkur hodisaga qarshi kurash masalasi birgina bizga taalluqli emas,- deydi J.Eltazarov

Xalqaro huquqning ayrim manbalarida korrupsiyaga berilgan taʼrifga koʼra, korrupsiya - pora olish (oʼziga ogʼdirish), davlat yoki xususiy sohada muayyan vakolatga ega boʼlgan shaxs, mansabdor shaxsning yoki xususiy sohada faoliyat yuritadigan shaxs yoki mustaqil agentning oʼz mansab vazifasini yoki shunga oʼxshash munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarini buzadigan, shuningdek, oʼzi yoxud oʼzga shaxslar manfaati uchun har qanday shakldagi manfaatdorlikka ega boʼlish maqsadida qilingan xatti-harakatdir.

Qonunchilik tahliliga qaraydigan boʼlsak, korrupsiya bilan bogʼliq holatlarga qarshi kurashish faoliyatining huquqiy asoslari koʼproq Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksida oʼz ifodasini topganini koʼramiz.

Mansabdor yoki mansabdor boʼlmagan shaxslar tomonidan yuqorida nazarda tutilgan xatti-harakatlar sodir etilishi oqibatida fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qoʼriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga koʼp miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkaziladi.

Suhbatda yuqorida zikr etilgan moddalar boʼyicha batafsil maʼlumot berildi, mavzu doirasida savollarga javob qaytarildi.

O'qilgan 2781 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar