Chorshanba, 30 Mart 2022 16:28

"Ipak yo'li" universitetiga iqtisodiy tadqiqotlar va oliy ta'lim markazi vakillari- Iqtisodiyot instituti tashrif buyurdi

Joriy yilning 28-mart kuni "Ipak yo'li" xalqaro turizm va madaniy merosi universitetiga CERGE-E deb nomlanuvchi iqtisodiy tadqiqotlar va Oliy ta'lim markazi vakili, Nyu-York shahar universiteti professori R. K. Filler va doktor N. Alimuhammedova tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida universitet talabalari uchun "Iqtisodiy savodxonlik va ta'lim" mavzusida ma'ruza o'tkazildi. Shimoliy Amerika va Evropada iqtisodiy savodxonlik harakatining asosi yoritilgan "Sog'lom iqtisodiyot" kitobi diqqat markazida bo'ldi. Jamg'arma Pragadagi Charlz universitetida iqtisod bo'yicha doktorlik dasturlarini qo'llab-quvvatlaydi. "Chexiya MDH mamlakatlarida iqtisodiy pedagogikani yanada rivojlantirish masalasida mustahkam pozitsiyaga ega. Bu esa XX asr iqtisodiyoti va iqtisodiy nazariyasining tamoyillarini, maktablari va oqibatlari asosini tushunishni talab etadi",- deydi professor K. Randall.

Jamg'arma ilmiy darajalari (Amerika modeli bo'yicha magistr va PhD) Praga iqtisodiy tadqiqotlar markazi va Charlz universiteti oliy ta'lim va Fanlar Akademiyasi Chexiya Iqtisodiyot instituti o'rtasidagi hamkorlik orqali qo'llab-quvvatlanadi. Bundan tashqari, Nyu-York shtati Regents Kengashi tomonidan berilgan ilmiy darajaga ega bo'lgan ta'lim dasturlari uchun doimiy Nizomga ega bo'lgan Nyu-York davlat ta'lim departamentini tashkil etadi.

O'quv ishlari bo'yicha prorektor prof.Hoffman "Ipak yo’li" universiteti CERGE ta'limiy maqsadlarini ham iqtisodiy savodxonlik, ham doktorantura faoliyatiga nisbatan joriy etishini ta'kidladi

Ma'ruzadan so'ng mehmonlar universitetning   professor-o'qituvchilari bilan magistratura va doktorantura bo’yicha hamkorlik ishlari, ta'lim olish yo'llarini o'rganish uchun uchrashdilar va Samarqand hamda Praga o'rtasidagi aloqalar mustahkamlanishiga umid bildirdilar. Talabalarning keyingi ta’limiy bosqichlarini belgilash uchun o'quv guruhi tuzilishi ta’kidlandi.

undefinehttp://econ.hunter.cuny.edu/faculty/economics-faculty/randall-k-filer/ d

O'qilgan 2498 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar