Chorshanba, 02 Mart 2022 17:49

GIZ Leo Impact xalqaro konsalting kompaniyasi bilan birgalikda 3 ta turizm va servis kasb-hunar kollejini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, dual tizim elementlarini joriy etishga ko‘maklashishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishni boshladi

Joriy yilning 2-mart kuni "Ipak yo'li" turizm va madaniy merosi xalqaro universiteti negizida turizm va servis kasb-hunar kollejlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha tadbirlarni amalga oshirishni muhokama qilish, shuningdek, ushbu sohada

amalga oshirilayotgan ishlarni hamda kutilayotgan natijalarni muhokama qilish va keyingi qadamlarni rejalashtirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda GIZ loyihasi menejeri Beate Shorait ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining vakili, mehmondo‘stlik va barqaror turizm sohasidagi xalqaro eksperti Maeve O’Brien, "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillari, shuningdek, Toshkent, Andijon, Marg‘ilon va Xiva turizm va servis kasb-hunar kollejlari rahbarlari ishtirok etdi.

Ushbu uchrashuv davomida turizm sohasida ixtisoslashtirilgan adabiyotlarni turizm va servis kasb-hunar kollejlarining kutubxona fondiga topshirish rasmiy marosimi tashkil etildi.

GIZning “O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi bilan birgalikda loyiha doirasidagi pilot hududlarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda bir qator tadbirlar amalga oshiriladi:

 1) 3 ta turizm va servis kasb-hunar kollejini qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, ushbu kolejlar o’quv tizimiga dual o’qitish tizim elementlarini joriy etishga ko‘maklashish;

2)  Qoraqalpog‘istonda turizmni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;

3)  Farg‘ona vodiysida turizmni rivojlantirish bo’yicha:

− Mahalliy jamiyatga asoslangan turizmni rivojlantirish (CBT pilot loyihasi);

− Xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar salohiyatini oshirish;

− Farg‘ona vodiysining turizm salohiyatini targ‘ib qilish;

− Hunarmandchilik salohiyatini targ‘ib qilish.

Loyiha haqida qisqacha ma’lumot

“O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni va barqaror iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi 2021-yil iyun oyidan boshlab amalga oshirilib kelinmoqda va hozirda O‘zbekistonning 5 ta hududida qishloq xo‘jaligida qiymat qo‘shilish zanjirini rivojlantirish (ya’ni organik mevalar yetishtirish, sertifikatlashtirish, baliq yetishtirish va chorvachilik), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi

akademiyasi bilan hamkorlik qilish, shuningdek, turizm sohasini rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda ish olib bormoqda.

O'qilgan 2346 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar