Dushanba, 28 Fevral 2022 16:37

“Ipak yo‘li” Xalqaro turizm va madaniy meros universitetida III Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi

Bugun, joriy yilning 28-fevral kuni “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetining majlislar zalida “Ekologiya va madaniy meros” mavzusidagi III Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Bir kun davom etadigan xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad unutilayotgan madaniy meros, atrof-muhitga ta’sir etuvchi muammolarni ko‘rib chiqish, shuningdek, ilmiy bilimlarni ommalashtirish, kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish, yoshlar e’tiborini ilm-fanga, ekologiya va madaniy meros sohasida ijodkorlik va tadqiqot ishlariga jalb etishdan iborat.

   Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Xitoy Xalq Respublikasi, Yevropa davlatlari vakillari onlayn va oflayn tartibda faol ishtirok etib, o‘z navbatida, kelgusidagi tadbirlar, shuningdek, atrof-muhit va madaniy merosni yaxshilash uchun innovatsion texnologiyalar bo’yicha fikr, tajriba almashmoqdalar.

Anjumanda to‘plangan ulkan madaniy meros bugungi davr kishisining uni idrok etish va baholash qobiliyati bilan chambarchas bog‘liqligiga e’tibor qaratildi. Milliy o‘zlikni anglashning mazmun-mohiyati, semantik o‘zagi bo‘lgan tarix va madaniyat yodgorliklari tamaddunning buzg‘unchi unsurlaridan himoyalanmagandir. Boy tarixiy o'tmishi, murakkab buguni bo'lgan butun dunyo uchun bugungi kunda madaniy merosni tushunish muammosi, birinchi navbatda, madaniy jihatdan o'zini anglash muammosini hal qilish hayotiy ahamiyatga ega.

Ishtirokchilarning saralangan ishlari “Ipak yo‘li” universiteti veb-saytida joylashtiriladigan maqolalar to‘plamida chop etiladi, barcha maqolalarga DOI raqami beriladi.

O'qilgan 3044 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar