Chorshanba, 16 Fevral 2022 18:24

“Ipak yo‘li” universiteti kutubxonasi javonlari noyob kitoblar bilan to‘ldirildi

Universitetimizning muhim tarkibiy qismi bo’lgan ilmiy kutubxona haqida gapirganda B.Vilerning mashhur “Menga kutubxona bering, men uning negizida universitet quraman” iborasi yodga tushadi. Shubhasiz, bu g‘oya universitet kutubxonasining zamonaviy dunyoda katta mas’uliyat yuklangan yirik ilmiy-madaniy markaz sifatidagi ustuvor vazifalarini ochib beradi. Shu bois Davlatimiz Rahbari hamda universitet rahbariyati universitet kutubxonasi zahirasiga dunyoning turli burchaklaridan kelgan kitoblarni jamlash uchun faol harakat qilishmoqda.

Jumladan, yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rektori Aziz Abduhakimov kutubxona fondini nodir nashrlar bilan to‘ldirmoqda. Yaqinda uning sa'y-harakatlari bilan butun dunyodan 5000 dan ortiq yangi nashrlar keltirildi. Aziz Abduhakimov ta’kidlaganidek, kutubxona har qanday ta’lim muassasasi, jumladan, universitet faoliyatida ham nihoyatda muhim o‘rin tutadi.

Ayni paytda universitet maʼlumotlar bazasida “Turizm menejmenti”, “Turizm marketingi” kabi yoʻnalishlar boʻyicha 10 mingdan ortiq nashrlar; arxeologiya, muzeyshunoslik, sanʼat, Jahon va Oʻzbekiston tarixi, iqtisodiyot, tilshunoslik, madaniyat, etnografiya, gastronomik va ziyorat turizmi yo'nalishlari bo'yicha nodir kitoblar, badiiy adabiyotlar, shuningdek, dunyoning turli tillarida nashr etilgan qoʻllanmalar va darsliklar saqlanadi.

Hurmatli talabalar va “Ipak yo'li” universitetining professor-o'qituvchilari. Universitet kutubxonasi o'zingizni rivojlantirish hamda tadqiqot bazasini yaratishingiz uchun har qanday kitoblarni topishingiz mumkin bo'lgan noyob joy hisoblanadi.

Davlat kutubxonalari boshidan kechirayotgan mavjud qiyinchiliklarga qaramay, “Ipak yo‘li” universiteti kutubxonasini yangi kitoblar bilan faol to‘ldirish, shuningdek, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish tufayli o‘z faoliyatida sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Bugundan boshlab universitet saytida kutubxonamizdagi noyob kitoblar va o‘quv qo‘llanmalari haqida ma’lumotlar e’lon qilina boshlaydi.

O'qilgan 2962 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar