Четверг, 04 апреля 2019 11:59

Universitetimiz talabalaridan yana bir faxrli yutuq

2019 yil 4-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 31 dekabrdagi 1070-sonli buyrug‘i hamda institut rektorining 2019 yil 17 yanvardagi 40-F sonli buyrug‘iga asosan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bo‘limi qoshida faoliyat olib boruvchi “Intilish” yoshlar innovatsion klubi tashabbusi bilan “Talabalar startaplarini qo‘llab-quvvatlash dasturi” loyihasi asosida “Mening birinchi startapim” tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalari o‘zlarinig StRoom, BeGuest, Travel Self, Enjoy cycling around Samarkand, Active Trickets, iPay, BelieverCard, ComfortPlace, MyWork, BusX, ForGirls, FindComfort nomli “StartUP” larini taqdimot qildilar.

Taqdimotda birinchi uchta eng yaxshi “StartUP” loyihasi hay’at a’zolari tomonidan tanlab olindi va ularga Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rahbariyati, “SamISI Sayyoh plus” turistik firmasi hamda “My business” innovatsion biznes markazi rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alar berildi.

 1- o‘rin Sh.Raxmonov “Enjoy cycling around Samarkand” loyihasi muallifi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi.

  2- o‘rin M.Gadoyeva “BeGuest” loyihasi muallifi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi.

  3- o‘rin A. Maxmatqulov “FindComfort” loyihasi muallifi, “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabasi.

"Ipak yo‘li" turizm xalqaro universiteti "ONE.UZ" klubi talabalari ushbu tanlovga 3 ta startap loyihasi bilan ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritishdi. Universitetda tashkil qilingan "ONE.UZ" yoshlar innovatsiyalari klubi qisqa muddatda yuqori natijalarni qayd etishda davom etmoqda.

Прочитано 1271 раз
Категория Новости

Контакты

г.Самарканд, Узбекистан, 140104, Университетский бульвар 17

Социальные сети