Tuesday, 06 April 2021 17:33

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti professor-oʻqituvchilarni ishga taklif etadi

Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetiga mehmonxona va restoran xizmatlari boʻyicha mutaxassislar, yaʼni “Tourism Resource research and tourist-recreational design”, “Introduction to tourism studies”, “Basic Statics” fanlarini oʻtadigan oʻqituvchi lavozimiga menejment-turizm sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar ishga taklif qilinadi (ilmiy daraja olqishlanadi).

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:
- nomzod tomonidan shaxsan ingliz, oʻzbek va rus tillarida tuzilgan mehnat samaradorligi koʻrsatkichi – KPI yoki CV;
- mutaxassislik fanidan ingliz tilida oʻtilgan darsning 20 minutlik videotasviri;
- Ilmiy maqolalar roʻyxati;
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim muassasalarida chet tillarini oʻqitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 11-avgustdagi 610-son qarori talablariga muvofiq Davlat test markazi tomonidan taqdim etilgan chet tilini bilish darajasi (B2 va undan yuqori boʻlgan) toʻgʻrisidagi sertifikatga yoki unga tenglashtirilgan ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi hujjat (IELTS–6.5, TOEFL 575, xorijda taʼlim olgan va dars bergan mutaxassislarga til bilish sertifikati shart emas);
- taʼlim sohasida eng kamida 2 yildan tajribaga ega boʻlishi; kompyuter va elektron qurilmalardan erkin foydalana olishi; oʻz mutaxassisligi va ingliz tilini mukammal bilishi; oʻqituvchilik faoliyati bilan bogʻliq hujjatlarni yurita olishi; zarurat tugʻilganda xizmat safarlariga chiqishi;
shaxsiy fazilatlardan: shijoatlilik, faollik, masʼuliyatlilik, qatʼiyatlilik, sobitqadamlik talab etiladi.

Oʻz navbatida “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti nomzodlarga:
- barqaror maosh (oylik ustama haqi bilan); istiqbolli karyerani nazarda tutgan qiziqarli mehnat faoliyatini; xorij davlatlariga xizmat safarlarini taklif qiladi.

Ish tartibi: dushanbadan jumaga qadar (09:00 dan 18:00 gacha). Muddat: 2021-yil 10-aprel

Nomzodlar This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. va This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. elektron manziliga quyidagi maʼlumotlarni yuborishi kerak:

  • Mutaxassislik fanini ingliz tilida oʻtgan 20 minutlik video dars;
  • Oʻzbek yoki (rus), ingliz tilidagi KPI va CV.
Read 6594 times
Published in Vacancies

New on the website

All news

Contacts

Samarkand city, Republic of Uzbekistan, 140104, 17, University boulevard.

Social networks