Wednesday, 10 June 2020 16:50

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti birinchi prorektori o‘zgardi

“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti birinchi prorektori lavozimiga Eltazarov Juliboy Danaboyevich tayinlandi.

1960 yilda tug‘ilgan J.Eltazarov ushbu tayinlovga qadar Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti dekani vazifasida ishlab kelayotgan edi.

J.Eltazarov 1999-2000 yillarda Pusan universiteti (Koreya respublikasi) Markaziy Osiyo tadqiqotlari kafedrasi professori sifatida faoliyat olib borgan. 2003-2005 yillarda Gumbolt nomidagi Berlin universitetida (GFR) o‘zbek, turk, rus va uyg‘ur tillaridan dars bergan. 2007-2010 va 2013 yillarda Osaka universiteti va Tokio chet tillari universitetida (Yaponiya), 2010-2014 yillarda Sitki Kochman nomidagi Mugla universitetida (Turkiya Respublikasi) faoliyat ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov bir vaqtning o‘zida mazkur universitet rektori hisoblanadi.

Additional Info

  • Название СМИ: «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari birlashgan tahririyati

New on the website

All news

Contacts

Samarkand city, Republic of Uzbekistan, 140104, 17, University boulevard.

Social networks