Monday, 27 September 2021 16:51

“Ipak yo‘li” Turizm xalqaro universiteti stajyor-tadqiqotchilikka (08.00.05- Xizmat ko’rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti-1 ta o’rin, 08.00.17-Turizm va mehmonxona faoliyati-1 ta o’rin) tanlov e’lon qiladi:

Hujjatlar 2021-yilning 28-sentyabridan  20-oktabrigacha qabul qilinadi

Stajyor-tadqiqotchilikka qabul qilish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 26-maydagi 304-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari” va “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”ga hamda 2020-yil 6-noyabrdagi “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 696-sonli Qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun stajyor-tadqiqotchi sifatida o‘qishga kirishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni  universitetning Ilmiy tadqiqotlar bo‘limiga taqdim etishlari va   http://phd.mininnovation.uz/ veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari talab qilinadi:

  • Ariza;
  • Qisqacha biografik ma’lumotnoma (ob’yektivka)
  • Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
  • Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi ilovalari bilan birgalikda;
  • Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
  • Pasport nusxasi;
  • 3x4 rasm, 2 dona;

Stajyor-tadqiqotchilikka qabul suhbat natijalari asosida amalga oshiriladi. Suhbat o‘tkazish sanasi universitet vebsaytida e’lon qilinadi.

Manzilimiz: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 17, “Ipak yo‘li” Turizm xalqaro universiteti Ilmiy bo‘limi

Murojaat uchun telefon: +998976143377; +998944772204

Elektron mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.   ;   This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Contacts

Samarkand city, Republic of Uzbekistan, 140104, 17, University boulevard.

Social networks