Saturday, 16 October 2021 10:29

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi 24-oktabr Prezident saylovi kuni munosabati #Saylovedu2021 chellenjini e'lon qiladi

 Chellenjda ishtirok etish uchun o'zingiz ishtirokingizda Prezident sayloviga aloqador bo'lgan videorolik yoki o'z ijodiy ishlaringizni (chizilgan rasm, qo'l mehnati orqali yaratilgan ijod namunasi, kreativ rasmlar), o'zingizning Instagram tarmog'ingizga joylaysiz va Instagramdagi @saylovedu2021 (https://instagram.com/saylovedu2021) profilini belgilab (отметка qilib), videoga #saylovedu2021 heshtegini yozasiz.

Videorolik va ijodiy ishlar saylovning mazmun va mohiyatini targ'ib qilishi, o'ziga xos, ijodkorlik, kreativlik bilan yondashilgan bo'lishi kerak.

Chellenjga taqdim etiladigan materiallar 20-oktabrga qadar Instagram tarmog'iga joylanishi kerak.

Chellenjda eng yaxshi video hamda eng yaxshi ijodiy ish mualliflari diplom hamda quyidagi tartibda pul mablag'lari bilan rag'batlantiriladi:
1-o'rin 2.000.000 so'm
2-o'rin 1.500.000 so'm
3-o'rin 1.000.000 so'm

Chellenjda barcha yakka holda ishtirok etishi mumkin, jamoaviy ishtirok etish mumkin emas. Mualliflik huquqi inobatga olinadi.
Batafsil ma'lumot: @saylovedu2021

@vuz24_official — Vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi rasmiy sahifasi

Read 3313 times
Published in News

Contacts

Samarkand city, Republic of Uzbekistan, 140104, 17, University boulevard.

Social networks