Payshanba, 04 Aprel 2024 15:27

Yosh kitobxon talabalar ligasi

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalari o‘rtasida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi e’lon qilindi. Agar siz kursdoshlaringiz bilan kitob o’qishga qiziqsangiz, unda shoshiling! Zudlik bilan do’stlaringiz bilan olti kishilik jamoa tuzgan holda Yosh kitobxon talabalar ligasi”ning universitet bosqichida ishtirok eting va Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiriting.

Jamoalar ishtirokini ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2024-yil 1-apreldan,  10-aprelga qadar. Jamoalar ro‘yxatdan o’tishi uchun 235-xonaga murojaat qilishlari so'raladi.

Tanlov shartlari quyidagicha

1-shart “Men yoqtirgan asar”

Ushbu shartda jamoaning bir nafar a’zosi “Men yoqtirgan asar” nomi ostida o‘zi sevib o‘qigan asarini bo‘yicha 3 daqiqa annotatsiya beradi. Hakamlar ushbu shartni 1 balldan 10 ballgacha bo‘lgan tizimda baholashadi.

2-shart “Eng bilimdon kitobxon” savol-javob.

Bunda tanlov ishtirokchilari  o‘rtasida  jadidlar hayoti va ijodidan 30 ta savol-javob o‘tkaziladi. Barcha jamoalarga bir vaqtning o‘zida bir xil savol beriladi. Jamoa a’zolari bergan javoblarini 1 daqiqa ichida qog‘ozga yozib berishlari kerak. Bitta savol uchun 1 balldan 30 ballgacha bo‘lgan tizimda  baholanadi.

Birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rinni kiritgan g‘olib talabalar va ularning ota-onalari universitet ma’muriyati tomonidan munosib taqdirlanadi.

Barcha iqtidorli va kitobsevar talabalarni ushbu tanlovda faol ishtirok etishini so‘raymiz!

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar