Yangiliklar: Noyabr 2023

Payshanba, 23 Noyabr 2023 12:16

Psixologlarni birlashtirgan kun

22-noyabr kuni butun dunyoda “Xalqaro psixologlar kuni”sifatida nishonlanadi. Ushbu sana munosabati bilan mamlakatimizda ham bir qator tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, 21-22-noyabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Hozirgi zamon psixologlari. Muammo va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi. Unda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti psixologi Dildora Turdiyeva ham qatnashdi.   

Anjumanda butun O‘zbekistondan kelgan yuzdan ortiq psixolog mutaxassislar ishtirok etishdi. Seminarning yalpi majlisida ma’ruzachilar tomonidan inson psixologiyasi, unga yondashuv usullari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ular yuzasidan fikr, tajriba almashildi. OTM psixologlarining maqsadli auditoriyasi sanalmish – talabalar bilan ishlashda samarali natija beradigan amaliy metodikalar namoyish etildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari o‘rtasida mantiqiy fikrlash, psixologiya sohasiga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yini ham qiziqarli tarzda o‘tkazildi va unda “Donolar” jamoasi g‘olib bo‘ldi. Seminar yakunida esa Samarqand davlat tibbiyot universitetining yangi o‘quv kampusi bo‘ylab info-tur o‘tkazildi. Mehmonlar universitet tarixidan so‘zlovchi unikal muzeyni tomosha qilishdi.

Universitetimiz jamoasi nomidan hurmatli psixologimiz Dildora Turdiyevani kasb bayramlari bilan chin dildan qutlaymiz va kelgusi ishlariga omad tilaymiz!

Kategoriya Yangiliklar

2023-yil 22- noyabr kuni universitetimiz “Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi Shaxnoza Kadirova va ikkinchi bosqich Mantour 122-guruh talabalari Samarqand shahridagi “Continental” mehmonxonasida “Daromad va taqsimotni boshqarish” fanidan talabalar bilan birgalikda mehmonxonaning qay darajada faoliyat yuritilishini, daromadlarni boshqarish usullarini, onlayn sayohat agentligida tutgan o‘rnini, xonalar soni va turiga qarab narxlarning farqlanishi, haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Bundan ko‘zlangan maqsad talaba yoshlarimizni mehmonxonaning daromadlarini samarali boshqarish, ko‘zda tutilgan harajatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, mehmonlarga sifatli xizmatlarni ko‘rsatish hamda yuqori darajaga erishish uchun zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash amaliyotlari bilan yaqindan tanishish va o‘z ko‘nikmalarini oshirishdan iborat edi.

Kategoriya Yangiliklar
Payshanba, 23 Noyabr 2023 10:34

E’LON!

2023-yil 4-dekabr sanasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish hamda tadqiqotchilarni ilmiy faoliyatiga yanada kengroq jalb qilish maqsadida “Turizm tadqiqotlarida ma’lumotlar to‘plami (Big Data) va nazariy boshqaruv dizaynini qo‘llash” mavzusida seminar trening tashkil etilmoqda. Seminar trening davomida professor Hengyun (Neil) Li o‘zing ma’ruzasi bilan ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun: professor Hengyun (Neil) Li Gongkong politexnika universiteti mehmonxona va turizm menejmenti fakulteti professori hisoblanadi.

Ushbu seminarga barcha professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilarni taklif etamiz.

Seminar o‘tkazilish joyi: universitet binosi 229-xona.

Seminar o‘tkazilish vaqti: 2023-yil 4-dekabr soat 14:00

Kategoriya E'lonlar
Payshanba, 23 Noyabr 2023 10:19

E’LON!

2023-yil 7-dekabr, 13.00-15.00 (Toshkent vaqti)da  “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar doirasida transmilliy turizmni mintaqaviy kengaytirish istiqbollari” mavzusida konferensiya o‘tkaziladi. Uchrashuv Moskva, Samarqand va Pekindagi konferensiya zallari bilan oflayn formatda tashkil qilinadi. Samarqand shahridagi univesitetimizning 230-xonasida konferensiya tashkil qilinayotganligi munosabati bilan universitetning tegishli ilmiy xodimlari, professor-o‘qituvchilari, doktorantlari hamda talabalarni anjumanda ishtirok etish uchun taklif qilamiz.

Konferensiya kun tartibi ilova qilinadi
Konferensiya kun tartibi

Kategoriya E'lonlar

Joriy yilning 22-noyabr kuni universitetimiz “Turizm menejmenti” kafedrasi o‘qituvchisi Dilrabo Mardonova va to‘rtinchi  bosqich Tour 120-guruh talabalari bilan birgalikda Samarqand shahridagi “Mövenpick” mehmonxonasiga “Mehmondo‘stlikda iste’molchi xizmatlarini boshqarish” fanidan amaliyot darsini olib borish  uchun tashrif buyurdi.  Talabalar bilan birgalikda mehmonxonada ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari, xonalar soni va turiga qarab narxlarning farqlanishini, ko‘rsatiladigan asosiy va qo‘shimcha xizmatlar haqida batafsil ma’lumotlar olishdi. Amaliyot talaba yoshlarni nazariy olgan bilimlarini yanada mustahkamladi hamda mehmonxonada ko‘rsatiladigan xizmatlar bilan yaqindan tanishib, amaliy ko‘nikma hosil qildilar.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 22-noyabr kuni universitetimizning magistratura yo‘nalishi bo‘yicha bitirgan 48 nafar talabaga diplom topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimda universitetimiz Birinchi prorektorlari, prof. J.Eltazarov va J.Hoffman so‘z olib, bugungi kunda turizm sohasiga malakali mutaxassis tayyorlashda universitetimizning tutgan o‘rni xususida gapirdi. Shuningdek tadbirda bitiruvchi magistrlar va ularning ota-onalari ham so‘zga chiqib davlatimiz tomonidan yaratib berilgan imkoniyatlar haqida gapirib, ustozlariga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi. Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismi bitiruvchilarga diplom topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.   

Kategoriya Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida oliygohimizda talaba-yoshlar o‘rtasida bellashuvlar tashkil qilinib kelinayapti. Joriy yilning 21-noyabr kuni universitetimizning bilimli va zukko talabalari o‘rtasida Samarqand “Zakovat” klubining 1-liga bahslari o‘tkazildi. Bilimlar bellashuvida talabalardan iborat 6 ta jamoa o‘zaro bellashishdi.

Kategoriya Yangiliklar

Joriy yilning 22 – noyabr kuni  “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan Badminton bo‘yicha sport tadbiri o‘tkazildi. Unda talabalar jamoalarga bo‘lingan holda o‘zaro bellashishdi.

Kategoriya Yangiliklar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Sport klubi qoshida  maktab o‘quvchilarini shaxmat, stol tennisi va suzish sport turlari bo‘yicha  o‘z iste’dodlarini yuzaga chiqarish, ular orasidan sport sohasida alohida iqtidor egalarini saralab olish maqsadida shaxmat sport turi bo‘yicha haftada 2 marta mashg‘ulotlar tashkil etilgan.

Ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun shahrimizdagi barcha maktab o‘quvchilarini taklif etamiz. Mashg‘ulotlarni yuqori malakali sport murabbiylari olib borishadi. Imkoniyatni boy bermang! Mashg‘ulotlar bepul amalga oshiriladi!

Mashg‘ulotlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan maktab o‘quvchilari ushbu raqamga +99890224-02-22 qo‘ng‘iroq qilishi va mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin!

Kategoriya E'lonlar

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining Sport klubi qoshida  maktab o‘quvchilarini armrestling sport turi bo‘yicha  o‘z iste’dodlarini yuzaga chiqarish, ular orasidan sport sohasida alohida iqtidor egalarini saralab olish maqsadida 2022-yildan boshlab armrestling sport turi bo‘yicha haftada 2 marta mashg‘ulotlar tashkil etilgan. 2023- yil 25-noyabridan esa yangi guruhlarni ochish rejalashtirildi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun shahrimizdagi barcha maktab o‘quvchilarini taklif etamiz. Mashg‘ulotlarni yuqori malakali sport murabbiylari olib borishadi. Imkoniyatni boy bermang! Mashg‘ulotlar bepul amalga oshiriladi!

Mashg‘ulotlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan maktab o‘quvchilari ushbu raqamga +99890224-02-22 qo‘ng‘iroq qilishi va mashg‘ulotlarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin!

Kategoriya E'lonlar
3 dan 8 sahifa

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar