Juma, 12 Aprel 2024 12:21

Turkiyalik mehmonlar universitetimizdagi shart-sharoitlardan juda katta taassurotga ega bo‘ldi

         Bugungi kunda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti Turkiyadagi bir qator nufuzli universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.  Ushbu hamkorlik aloqalari natijasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda qisqa va uzoq muddatli amaliyotlarga yuborish, qo‘shma loyihalar, akademik va ilmiy dasturlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qator kelishuvlar yo‘lga qo‘yilgan va bu bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

         Bundan tashqari universitetimizga Turkiyaning nafaqat ta’lim sohasi vakillari balki boshqa sohasi vakillarining ham qiziqishlari baland. Joriy yilning 12-aprel kuni bir guruh turkiyalik tibbiyot mutaxassislarining universitetimizga tashrifi ham fikrimizga yaqqol misol bo‘la oladi.

         Turkiyalik tibbiyot xodimlarini  respublikaga jalb qilish va ushbu mamlakatdan sayyohlar oqimini oshirishga ko‘maklashish doirasida O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi tomonidan “Doğu Turizm” firmasi rahbari Mexmet Nur va doktor-radiolog Kayxan Altintash bilan hamkorlikda ushbu mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan 102 nafar malakali shifokorlardan iborat guruh sayyoh sifatida yurtimizga tashrif buyurdi.

         Tashrif doirasida mehmonlar “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti rahbariyati bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha uchrashuv tashkil qilindi. Mehmonlarni universitet Ma’muriy masalalar bo‘yicha birinchi prorektori D.Nasimov hamda turkolog olim, professor J.Eltazarov kutib oldi va turizm sohasiga malakali mutaxassislar tayyorlab berish borasida oliygohda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishtirdi.

        - Bizning ko‘p yillik niyatimimiz ota yurtimiz O‘zbekistonga kelish orzuimiz amalga oshganligidan hamda Samarqandda turizm sohasi bo‘yicha mutaxassis tayyorlaydigan zamonaviy universitetga tashrif buyurganimdan juda baxtiyorman,-deydi turkiyalik mehmon doktor Kaytan Altintash.

         Mehmonlar universitetda tashkil qilingan Turk dunyosiga oid milliy liboslar galeriyasi, turli mashhur rassomlar ijodiga oid rasmlar ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek mehmonlar uchun universitet kutubxonasi bilan tanishish ham juda katta taassurotlarga boy bo‘ldi.

O'qilgan 203 marta
Kategoriya Yangiliklar

Aloqalar

140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 17

Ijtimoiy tarmoqlar